21 avg 18:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik Joshuaga ko'cha jangida mushtlashishni taklif qildi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Entoni Joshua bilan jangdan keyin matbuot anjumanida britaniyalik haqida hazil qildi.
"Joshua haqida fikrim qanday? Uni hurmat qilaman. Bugun u biroz emociyaga berildi. U jamoamga yomon munosabatda bo'lganini payqadimmi? Agar u boks qo'lqoplarisiz mushtlashmoqchi bo'lsa, unga buni maslahat bermayman. Jamoamning yarmi ko'cha jangchilari! Hozir shu erda 20 tasi bor. Bazilari 25 ta jang o'tkaza oladi, faqat ko'chada", - dedi Usik jangdan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, CHempionlik kamarlari uchun kechgan jangda Usik ochkolar hisobida Joshua ustidan g'alaba qozondi va chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qoldi — 113:115, 115:113, 116:112.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar