31 may 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/220902_220.jpg)
Usik Joshuaga qarshi revansh jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda - FOTO
Superog'ir vaznda WVA Super, WVO, IBF va IBO chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga mashg'ulot jarayonidan suratlarni joylashtirdi.
Usik ayni damda britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Usik va Joshua o'rtasidagi birinchi jang The Ring nashriga ko'ra 2021 yilning asosiy jangi deb tan olingandi.
Sasha 12 raund davom etgan jangda 116-112, 117-114, 115-113 hisobida g'alaba qozongan va WVA Super, WVO, IBF va IBO kamarlarini qo'lga kiritgandi.
Eslatib o'tamiz, revansh jangi 25 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar