03 sen 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Kaneloga qarshi jang haqida: "Katta pul ishlab olishimiz mumkin"
Super og'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik supero'rta vaznda mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresga qarshi ehtimoliy jang haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
Ukrainalik bokschining fikricha, bu jang faqat moliyaviy taraflama foyda keltirishi mumkin.
"Bu biroz g'alati. Men 90,7 kg, Alvares esa maksimal 87 kg tosh bosadi. Bu jang faqat moliyaviy tarafdan qiziqarli bo'ladi. Sababi bundan yaxshi pul ishlab olish mumkin. Boks nuqtai nazaridan esa bir nima deyish qiyin.
O'ylaymanki muxlislar uchun bu jangni tomosha qilish qiziq bo'ladi. Katta va kichik bokschilar kurashi. Bu jangda katta pul ishlab olishimiz mumkin", — dedi Usik matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar