So’nggi yangiliklar

19:03"Шон ютишига умид қиламан". Алекс Перейра Стриклендга маслаҳат берди 0 18:42Конкур бўйича халқаро турнир якунланди 0 18:21"Реал" Гарсияни 60 миллион евро эвазига қўйиб юборишга тайёр 0 18:00Энг кучли қиличбозларимиз Тошкентда жам бўлишди 0 17:39UFC рейтинги янгиланди. Учта вазндаги ўзгаришлар бир саҳифада 0 17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0

26 sen 12:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Usik nimaning hisobiga jahon chempioni bo'lganini ochiqladi

Teglar :  Aleksandr Usik
Superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boksdagi muvaffaqiyatlari siri bilan bo'lishdi.

Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan ukrainalik 38 yoshli Aleksandr Usik hayotda hech narsa osonlikcha kelmasligini urg'ulamoqda.

"Hayotda hech narsa osonlikcha kelmaydi. Bolaligimdan intizom, sabr-toqat va fidoyilik tamoyillariga amal qildim. Bu qadriyatlar meni shakllantirdi va hamon qiyin damlarda qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. Intizom mening ilhom manbaim, oldinga intilishim uchun turtki va sinovli daqiqalarda tayanchimdir. Uning sharofati bilan katta yutuqlarga erishdim: Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritdim, prof boksning ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'ldim.

Ammo men hech qachon yolg'iz jang qilmayman. Har safar ringga chiqqanimda, menga ishongan odamlar meni qo'llab-quvvatlaydi. Bu kamarlar shunchaki temir yoki charm bo'laklari emas. Ular ko'p yillik mehnat, fidoyilik va intizom natijasidir. Har bir tong, har bir raund, har bir shubhali lahza - bularning barchasi meni ularni zabt etishga olib keldi", - deb yozdi Usik o'zining telegram-kanalida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing