26 sen 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Pol bilan jangga tayyor: "Tez orada "boks" bobini yopaman va seni qafasda kutaman"
Aleksandr Usik Jeyk Pol bilan jang qilishga tayyor.
Avvalroq, Jeyk Pol 2030 yilga borib jahon chempioni bo'lishi, milliarderga aylanishi, uch nafar farzandi bo'lishi, uylanishi, Usikni mag'lub etishi, "Oskar" yutishi, Oyda jang qilish va prezidentlik kampaniyasini boshlashi haqidagi rejalarini aytgandi.
Usik esa bunga munosabat bildirdi:
"Yaxshi reja, Jeyk Pol. Ammo men bu erda beshinchi o'rin uchun emas, birinchi o'rin uchun kelganman.
Tez orada "Boks" bobini yopaman, shundan so'ng seni qafasda ketaman. Ko'ramiz, sen haqiqatdan ham erkakmisan yoki bu shunchaki shov-shuv uchunmikin", - dedi Usik.
Havola :
Manba : x.com/usykaa
Fikrlar