15 noy 07:43
Yangiliklar
Usik Toshkentdagi WBC konvenciyasida Fyuri bilan jang haqida o'ziga xos fikr bildirdi
Bokschi Konvenciya davomida OAV xodimlarining bir nechta savollari, jumladan, WBC chempioni, britaniyalik charm qo'lqop ustasi Tayson Fyuri bilan mutlaq chempionlik uchun jang haqidagi savollariga javob qaytardi.
Usikdan Fyurining oxirgi jangi (28 oktyabr, Ngannuga qarshi) haqida qanday fikrda ekani so'raldi va Usik kulib yuborgan holda "Men uni yaxshi ko'raman", - dedi.
SHuningdek, Usik Fyurining uni to'rt raundda nokautga uchratishi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi:
"Bu meni kuldiradi. Ota hozir shu erda. Lekin sen qanisan, Tayson Fyuri? Men tayyorman".
Aleksandrdan WBC'ning yashil hamda oltin kamarlari haqidagi fikri so'ralganida, u shunday javob berdi:
"Men uni qo'lga kiritsam, mutlaq chempion bo'lar edim. Ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni! Bu men uchun butun dunyoni anglatgan bo'lar edi".
Fikrlar