30 okt 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik va CHisora o'zaro ko'z urishtirishdi + FOTO
Superog'ir vazn toifasi vakillari Aleksandr Usik hamda Derek CHisora jang oldidan ananaga ko'ra tashkil etiladigan ko'z urishtirish marosimida yuzma-yuz kelishdi.
Ukrainalik bokschi birinchi og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi va endi superog'ir kamarlari uchun ko'z tikmoqda. Uning raqibi britaniyalik Derek CHisora tajribali bokschi, chempionlik janglarida ishtirok etgan.
Bu ikki bokschi o'rtasidagi uzoq kutilgan jang 31 oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning London shahridagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. Ko'z urishtirish marosimidan tashqari bokschilar matbuot anjumanida ham ishtirok etishdi. Marosim karantin qoidalariga rioya qilingan holda o'tkazildi.
Havola :
Fikrlar