20 iyu 11:20
Yangiliklar
Usik va Joshua revansh jangining rasmiy elon qilinishiga munosabat bildirdi
Uzoq kutilgan jang 20 avgust kuni Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida bo'lib o'tadi. Ukraina va britaniyalik bokschilar rasmiy jang sanasi elon qilinganiga o'z munosabatlarini bildirishdi.
"Mening superog'ir vazn toifasi chempionligi uchun kechadigan 12-jangim! Kamarni qo'lga kiritdim, keyin ularni birlashtirdim. So'ng ularni yo'qotdim. Keyin yana mutlaq jahon chempioni bo'ldim. Hozir esa uch karra jahon chempioni bo'ladigan sanamni bilib oldim. Qanday imkoniyat!" – deya xursandchiligini ifoda etgan Joshua.
"Mening o'z maqsadim bor va Yaratganning inoyati bilan missiyani bajaryapman", – deya qisqagina izoh bergan Usik.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschining ilk jangi o'tgan yilning sentyabr oyida Tottenxemda (Buyuk Britaniya) o'tkazilgan bo'lib, o'shanda ukrainalik hakamlarning yakdil qarori (117-112, 115-113, 116-112) bilan g'alaba qozongan edi.
Fikrlar