02 sen 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

"Usik - zo'rlarni zo'ri!"
Sobiq jahon chempioni Toni Bellyu Aleksandr Usikka qarshi jangni esga oldi.
“Usikka qarshi jangga tayyorgarlik davomida uni bitta zarba bilan ushlash haqida ko'p bor o'ylardim. Uni uzoq yillar davomida o'rgandim, lekin... Usik — zo'rlarning zo'ri. Usik barcha raqiblaridan aqlliroq jang qilgan, u doim raqiblaridan bitta qadam oldinda bo'lardi”,-dedi Bellyu.
Eslatib o'tamiz, Bellyu - Usik jangi 2018 yilda tashkil etilgandi va o'shanda ukrainalik bokschi raqibini sakkizinchi raundda nokaut qilishni uddalagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar