02 noy 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning IBF kamariga majburiy davogar Xrgovich erkin agentga aylandi
Superog'ir vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogar Filip Xrgovich erkin agentga aylandi.
Bu haqda insayder Den Rafael xabar bermoqda. Xorvatiyalik bokschi endi Wassermann Boxing promouteri Kalle Sauerland bilan ishlamaydi,
Superog'ir vazn toifasida IBF chempionlik kamari Aleksandr Usikga tegishli, ukrainalik jahon chempionining fevral oyida Tayson Fyuriga qarshi jangi rejalashtirilgan. Jang g'olibi IBF kamarini oraliq janglarsiz majburiy himoya qilishi kerak. Xrgovich aynan majburiy raqib hisoblanadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar