21 noy 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning Joshua bilan jangdagi gonorarini hali ham olmagani malum bo'ldi
Bu haqida ukrainalik jahon chempionining promouteri malum qildi.
Og'ir vaznda to'rtta kamar sohibi bo'lib turgan Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk boksining gonarari haqidagi savolga javob berdi.
"Matbuotda Usikning gonorari haqida yozgan bironta manba aniq raqamlarni ko'rsatmagan. Hech bir malumot haqiqatga asoslanmagan va aniq raqamlar emas.
Usik hali ham Joshua bilan jang uchun gonorarini olgani yo'q. Ikki oy mobaynida PPV'dan tushgan barcha daromadlar to'planadi va shundan so'nggina aniq gonorar qiymati hisoblanishi mumkin", - deydi Krasyuk.
Avvalroq, Usikning gonorari 3.5 mln evro atrofida bo'lishi, jang sotuvi yaxshi bo'lsa, bu ko'rsatkich 5.8 mln evroga etishi haqida malum qilingan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar