18 may 10:10
Yangiliklar

Usikning promouteri Bivolning Alvares ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi
"Bivolning Kanelo ustidan qozongan g'alabasidan so'ng, xuddi Usik va Joshua o'rtasidagi jangdan keyingi fikrlar hayolimga keldi. Kuch va aniqlik sizning g'olib ekanligingizni anglatmaydi. Boks mahorati muhimroq. Nega, bilasizmi? CHunki bu boks.
Bu pauerlifting sporti yoki kurash emas, bu boks. Ringda birinchi navbatda mahorat, oyoq harakati, yuqori tartib-intizom ko'rsatish kerak. Siz rejaga muvofiq harakat qilishingiz kerak va shunday ham bo'ldi", — dedi Krasyuk.
Eslatib o'tamiz, Bivol va Alvares o'rtasidagi jang 12 raund davom etgan va hakamlarning qarori bilan rossiyalik bokschi g'alaba qozongandi. Bu Dmitriyning faoliyatidagi 20-g'alabasi edi. Saul esa ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi.
Fikrlar