06 noy 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning promouteri Fyuri bilan jang 2024 yilga ko'chirilganini tasdiqladi
Og'ir vaznda WBA, IBF, IBO va WBO chempionlik kamarlari sohibi, ukrainalik Aleksandr Usikning menejeri Aleksandr Krasyuk WBC yo'nalishi chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri bilan jang boshqa muddatga qoldirilgani haqidagi malumotni tasdiqladi.
Mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun kechadigan jang aslida, 23 dekabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.
"Bizning kelishuvimiz bo'yicha, ular 23 dekabr kuni jang qilishlari lozim edi va har ikki tomon ham bunga imzo chekkandi. Ammo biz boks bilan anchadan buyon mashg'ulmiz va bilamizki, jangchi jangga tayyor bo'lmasa va ringga chiqishni istamasa, u hech qachon buni amalga oshirmaydi. Fyuri bilan ham xuddi shunday holat. Usik dekabr oyida jang qilmaydi. Jang 2024 yil boshiga ko'chirildi", - dedi Krasyuk.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar