05 iyu 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning Uaylder bilan jangi Dana Uaytning promoushenida o'tkazilishi mumkin
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Aleksandr Usik Dana Uaytning Zuffa Boxing ligasida jang o'tkazishi mumkin.
Bu haqida uning menejeri Sergey Lapin aytib o'tdi.
"Usik "so'nggi raqs" uchun raqib sifatida Deontey Uaylderni ko'rayotganini aytdi. Bu qarama-qarshilik sport, media va xalqaro nuqtai nazardan yirik potencialga ega.
Biz Zuffa Boxing bilan yuqori darajadagi muzokaralarni olib boryapmiz. Ayni paytda xech qanday kelishuv yo'q. Zuffa Boxing ushbu yirik boks jangining ehtimoliy hamkorlaridan biri sifatida ko'rilmoqda", - dedi menejer.
Havola :
Manba : BBC Sport
Fikrlar