08 sen 16:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Usman Edvardsning zarbasidan keyin xotirasi pasayganini tan oldi
Sobiq UFC chempioni Kamaru Usman Leon Edvardsga mag'lub bo'lganidan keyin xotirasini qisman yo'qotganini aytdi.
"Murabbiy Trevor Uittman va atrofdagilar bilan gaplashdim. Video qo'ng'iroq orqali oilam bilan gaplashdim. Lekin bularning hech biri esimda yo'q.
Tushunarsiz narsalarni eslayman. Leon meni nokaut qilganidan keyin 20 daqiqacha xushimni yo'qotganga o'xshayman. Tez yordam mashinasida uyg'onib ketdim.
Ular mendan: "Qaerda ekanligingizni eslaysizmi?" deb so'rashdi. Men: "Ha, Solt-Leyk Siti, UFC 278" dedim. Ular yana: "Siz qachon tug'ilgansiz?" deya savol berishdi. Men barcha savollarga mukammal javob berdim", - deydi Kamaru Usman.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar