12 avg 07:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/231281_220.jpg)
Usmon Nurmagomedovga chempionlik jangi berildi
Rossiyalik Usman Nurmagomedov navbatdagi jangini 18 noyabr kuni Bellator chempioni Patriki "Pitbull" Freyrega qarshi o'tkazadi.
Bu jang haqida vaziyatga yaqin manbalar xabar bermoqda. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 24 yoshli Usman 15 g'alabali seriyani qayd etgan.
36 yoshli Patriki Freyre esa o'tgan yilning noyabr oyida Piter Quilleyni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etib, vakant bo'lib turgan Bellator kamarini qo'lga kiritgan edi.
Rasman elon qilinmagan bo'lsa-da, ushbu engil vazn toifasidagi chempionlik jangi Bellator 288 turnirining asosiy voqeasi bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar