13 okt 12:13
Yangiliklar
Sport kurashlari
UWW jahon chempionatini tasdiqladi, yoshlar o'rtasidagisi esa bekor qilindi
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) shu yilning dekabr oyida Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini rasman tasdiqladi.
Kattalar o'rtasidagi jahon chempioni uchchala yo'nalish - erkin, yunon-rim va ayollar kurashi bo'yicha o'tkaziladi. Musobaqada UWW`ga azo associaciya va federaciyalarning 70 foizi qatnashish istagini bildirganidan so'ng yakuniy qarorga kelingan.
Lekin dekabr oyida aynan Belgradda yoshlar o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan jahon chempionati bekor qilindi. Birlashgan kurash dunyosining navbatdagi onlayn-yig'ilishi 6 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Biz dunyo kurashining xalqaro restartini orziqib kutayapmiz. Lekin asosiy etibor sportchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislarning xavfsizligiga qaratiladi. Bu birinchi o'rindagi vazifamiz bo'ladi", - dedi UWW prezidenti Nenad Lalovich.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar