21 mar 16:40
Yangiliklar
UWW licenzion turnirlarni Olimpiadaga yaqin o'tkazmoqchi
"UWW Xalqaro olimpiya qo'mitasi bilan muloqotga kirishgan. SHuningdek, vaziyatdan to'liq boxabar bo'lish uchun xalqaro sog'liqni saqlash tashkilotlari bilan doimiy ravishda aloqadamiz. Biz uchun hamon eng muhim masala bu Olimpiada-2020 licenzion turnirlari bo'lib qolyapti. Lekin boshqa tomondan sportchilar, murabbiylar va hakamlarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ya olmaymiz. Bizga ularning salomatligi muhim. Bu sinovli kunlar tezroq o'tib ketsin", - deyiladi UWW rasmiy bayonotida.
Avvalroq, Xalqaro olimpiya qo'mitasi koronavirus bilan bog'liq vaziyat yumshamasa, Olimpiadaning o'ynalmay qolgan licenziyalari taqdiri sportchilarning jahon reytingidagi o'rniga qarab taqdim etilishi mumkinligi haqida xaber bergan edi.
Fikrlar