03 may 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" uchun Butunjahon boks seriyasi yakunlandi
Xabaringiz bor, "Uzbek Tigers" jamoasi boks bo'yicha Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgandi.
Bokschilarimiz musobaqaning guruh bosqichida ikkinchi o'rinni egallagandilar.
Musobaqa rasmiy saytining xabar berishicha, turnir formatiga o'zgartirish kiritilgan va faqatgina guruhda g'olib bo'lgan jamoalar bahslarni davom ettirishadi. Kuchli sakkizlikka kirgan jamoalar uchun esa musobaqa yakunlandi.
Unga ko'ra "British Lionhearts" - "Astana Arlans" hamda "Fighting Roosters" - "Domadores de Cuba" jamoalari yarim final bosqichida kurash olib boradilar.
Dastlabki janglar 18-19 may, javob bellashuvlari esa 25-26 may kunlari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
AIBA prizdenti doktor Wuu shu turnirni o'zi tashkilashtirgan bo'lsa, endi nega o'zgartirish kiritadi? Axir Osiyo chempionatida O'zbek boksini hurmat qilaman degandi-ku. Qani? Hurmati?