So’nggi yangiliklar

20:54Дзюдо федерацияси Париж-2024 Олимпиадаси олдидан матбуот анжумани ўтказди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:45Порье Махачев билан реванш жангини истамоқда, Махачев эса бунга жавоб берди 0 19:22Олимпиада. Абдумалик Халоков ва Зайнаб Дайибековагача кимлар Ўзбекистон байроқдори бўлган? 0 19:00"Бавария" ўз футболчиси учун 50 млн ва бонуслар хоҳламоқда, МЮ эса ҳали расмий таклиф билан чиқмади 0 18:39Жон Жонс Миочич билан жангдан сўнг фаолиятини якунлайдими? 0 18:17Дастин Порье: "Менга пул керак эмас, қон керак" 0 17:53Алекс Перейра Магомед Анкалаевга жавоб қайтарди 0 17:30Роналду: "Бу охиргиси" 0 17:09Париж Олимпиадасига йўлланма қўлга киритган ўзбекистонлик спортчиларга қанча пул мукофоти берилганлиги маълум бўлди 0 16:47"Мен билан жанг Алекс учун қийин бўлади". Анкалаев Перейрага мурожаат қилди 0 16:24Ўзбекистон спорт делегациясини Париж Олимпиадасига расмий кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ (2-қисм) 0 16:02Испания терма жамоасининг яна бир футболчиси Саудияга йўл олишга яқин 0 15:40Эдди Хирн Сауль Альвареснинг навбатдаги жанги ҳақида гапирди 0 15:19Ўзбекистон делегациясини Париж-2024 Олимпиадасига тантанали кузатиш маросими бўлиб ўтди (+ФОТО) 0 14:57Ҳасанбой Дўсматов иккинчи чемпионлик ва Сакен Бибоссинов билан қарама-қаршилик ҳақида гапирди 0

07 apr 22:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Uzbek Tigers" - "Venesuela Caciques". Jalolovdan nokaut, umumiy 9:1 hisobida g'alaba qozondik

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida Butunjahon Boks seriyasi (WSB)ning sakkizinchi mavsumi doirasida "Uzbek Tigers" hamda "Venesuela Caciques" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.


23:41. SHu tariqa bugungi boks oqshomi yakunlandi. Unda charm qo'lqop ustalarimiz umumiy 9:1 hisobida zafar quchishdi. G'alaba muborak, azizlar!


23:33. NOKAUT!!!!!! Jalolov raqibini nokautga uchratdi. Bu vaqtda ikkinchi raund o'tib borayotgandi. 


23:31. So'nggi jang bo'lib o'tmoqda. Unda yana bir Surxon vohasi o'g'loni og'ir vazndagi Bahodir Jalolov ringga ko'tarilgan.


23:24. Bektemirning kuchli zarbalaridan so'ng jang to'xtatildi. Muddatidan avval g'alaba!


23:23. Birinchi raundning o'zidayoq turkiyalik referi hisobni ochdi. Bektemir "pulemyot"dan otgandek zarbalar yomg'irini yog'diryapti.


23:20. Navbat -81 kg vazn toifasi vakillariga. Ringda o'zbek o'g'loni Rio Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo'ziev. 


23:17. Bugungi oqshomdan o'rin olgan navbatdagi jangda nihoyat mehmonlar zafar quchishdi. Mahmud G'oipov 0:3 hisobida Gabrielga imkoniyatni boy berib qo'ydi.  


23:08. Bir zumda to'rtinchi raundga navbat etib keldi. Ortda qolgan uchta raundda kuchlar deyarli teng keldi. Raqib ancha jiddiy ekanligi ko'zda tashlanib qoldi.


23:03. Mahmud G'oipov Surxondaryo farzandi. SHu bois olqishlar boshqacha bo'ldi. U Termiz shahrida tug'ilib o'sgan va shu erda yashaydi. 


22:59. Endi esa navbat Mahmud G'oipovga. -69 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Mahmud G'oipov venesuelalik Gabriel Maestrega qarshi ringga ko'tarildi.


22:43. Ushbu jangda Abdurasulov qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Hakamlar jangda SHunqor 2:1 hisobida g'alaba qozonganini etirof etishdi. 


22:40. Jang teng kurashlar ostida kechmoqda. Vakilimiz to'liq ustunlikka erishayotgani yo'q.


22:32. Endi SHunqor Abdurasulov ringga chiqib kelmoqda.


22:27. Jasurbek Latipovda g'alaba! Bokschimiz to'rtinchi raundda jangni muddatidan oldin yakunlashga muvaffaq bo'ldi.


22:18. Janglarni Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham zaldan turib bevosita kuzatib bormoqda.


22:12. Birinchi raundning 30-soniyasidayoq referi hisobni ochdi. Latipovning kuchli zarbalari muxlislarni larzaga keltirdi.  


22:10. S-2 jamoasi janglarini -52 kg vazn toifasidagi uchrashuv boshlab beradi. Bokschilar ring markazida. Hamyurtimiz jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Jasurbek Latipov Xesus Roxasga qarshi bahs olib boradi. Birinchi raund boshlandi.


21:41. Birozdan so'ng bugunga belgilangan yana 5ta jang boshlanadi.

S2 juftliklari:

-52kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas

-60kg: SHunqor Abdurasulov - Luis Kabrera

-69kg: Mahmud G'oipov - Gabriel Maestre

-81kg: Bektemir Meliqo'ziev - Nalek Korbai

+91kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes 


21:11. Jang o'z nihoyasiga etdi. Hakamlar bu safar ham bir ovozdan hamyurtimizning g'alabasini taminlashdi. Hisob 3:0 (50:42, 50:44, 50:43) ko'rinishida bo'ldi.


21:03. Referi ikkinchi bor hisobni ochdi. Sanjarning ketma-ket yo'naltirgan kuchli zarbalaridan so'ng venesuelalik bokschi muvozanatni bir zumga bo'lsada yo'qotdi. 


20:59. To'rtinchi raundga ham navbat etib keldi. Sanjar katta ustunlikka ega bo'lib ulgurdi. Muxlislar Tursunovdan nokaut talab qilishyapti.


20:56. Jang referisi hisobni ochdi. Bu vaziyatda ikkinchi raund deyarli yakuniga etib qolgandi. Tursunov raundni yuqori darajada, Surxon vohasi haroratiga monand tarzda o'tkazdi. 


20:52. -91kg vazn toifasidagi hamyurtimizning raqibi Xuan Bello. Anchagina jiddiy raqib ekanligini birinchi raundda ko'rsatib qo'ydi. Ikkinchi raund boshlandi.


20:49. Navbat Surxon o'g'loni Sanjar Tursunovga. 


20:46. CHiroyli g'alaba va Madrimovdan super salto...


20:45. Kutilgan G'ALABA!!!!!  Hakamlar bir ovozdan 3:0 (50:45, 50:43, 50:41) hisobida Isroil Madrimovning g'alabasini qayd etishdi. 


20:40. To'rtinchi raund yakunlandi. Katta ustunlik Madrimov tomonida. Faqat raqib zarba ko'tara olar ekan. Boshqa bokschi bo'lganida murabbiyini oq sochiq tashlashini kutib o'tirmay, ringdan chiqib ketardi. 


20:33. Referi yana bir bor hisobni ochdi. Venesuelalik murabbiylar oq sochiqni tashlashsa ham bo'larmidi ))))


20:29. Arenaga yig'ilgan muxlislar "Nokaut" deya xayqirishyapti. Ochig'i, biz ham shu tarafdorimiz!!!!


20:26. Jang muddatidan avval yakunlanadigan ko'rinadi. Referi birinchi raundning o'zidayoq hisobni ochishga majbur bo'ldi. Aniqrog'i, uni bunga Madrimov majbur qildi.


20:23. Diqqat qiling endi navbat -75kg vazn toifasidagi bokschilarga! Ringga haqiqiy O'zbek yo'lbarsi Isroil Madrimov taklif etildi. Uning raqibi Kleyber Gonsales bo'ladi


20:19. Bugungi oqshomdan o'rin olgan uchinchi jang ham yakunlandi. Hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra Aliyor Noraliev 3:0 (50:45, 49:46, 50:45) hisobida g'alaba qozondi.


20:14. To'rtinchi raund ham ortda qoldi. Aliyor yomon taassurot qoldirmayapti. Olg'a, Alyor! Yana bir raund shunday jang o'tkazamiz va bugungi oqshomdagi uchinchi g'alabaga erishamiz. 


20:11. Uchinchi raund o'z yakuniga etdi. "Alpomish" arenasiga yig'ilgan muxlislar ajoyib janglarga guvoh bo'lishyapti. Alyor qolgan ikki raundda ham xuddi shunday ishlasa, g'alaba u tomonda bo'ladi. 


20:05. Noraliev dastlabki ikki raundda ustunlikka ega bo'ldi. Hozirgina uchinchi raund boshlandi. CHorak finalga chiqishimiz uchun bugungi janglarda umumiy hisobda bo'lsada g'alaba qozonishimiz shart. 


19:59. Endi navbat Aliyor Noralievga. -64kg vazn toifasidagi hayurtimiz Kristian Palasioga qarshi jang o'tkazyapti.


19:55. G'ALABA. SHahobiddin Zoirov hakamlarning qaroriga ko'ra 3:0 (49:46, 49:46, 48:47) g'alaba qozondi. 2:0 hisobida oldinga chiqib oldik 


19:50. So'nggi beshinchi raundga ham navbat etib keldi. Aynan mana shu raund ko'p narsani hal qiladi. Ortda qolgan raundlarda har ikki bokschi ham ancha faol jang o'tkazishdi.


19:41. Bu 21 yoshli venesuelalik bokschi uchun o'ziga xos revansh jangi bo'lyapti. Bokschilar Rio Olimpiadasining yarim finalida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda SHahobiddin Yoel Rivas Finolni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olgandi. Hal qiluvchi finalda esa rossiyalik Misha Aloyandan ustun kelib, Olimpiada chempioniga aylangandi.

18:39. Birinchi raund yakunlandi. Nisbatan olganda Zoirovning ustunligi sezilib turdi. 


18:36. Jangni qozog'istonlik referi boshqarib boryapti. 56 kg vazn toifasidagi hamyurtimizning raqibi Yoel Finol.


19:33. Navbat Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirovga. U qizil burchakda jang qiladi. 


19:32. Hisobda oldinga chiqib oldik. Davomli bo'lsin!!!!


19:31. Hakamlar qaroriga ko'ra Nodirjon Mirzaahmedov muddatidan avval g'alaba qozondi. Raqib bokschining qoshi yorilgani bois, hakamlar jangni to'xtatishdi. 


19:29. Jang muddatidan avval yakunlandi. 


19:24. Polasoning og'zidagi kapasi uchinchi marotaba tushib ketdi. Bu ko'proq raqib zarbasidanmi yoki venesuelalik bokschi atayin bir zumga bo'lsada nafas rostlab olish uchun shunday qilyaptimi? Bu orada uchinchi raund yakunlandi. Hozircha ochkolar bo'yicha Mirzaahmedov oldinda.


19:20. Uchinchi raund boshlandi. Birinchi jang juda ham muhim. Ishonamizki, Nodirjon murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlay oladi.

19:16. Jangning dastlabki ikki raundi ortda qoldi. Hamyurtimiz bu raundlarda o'z ustunligini namoyon eta oldi. Malumot uchun, har bir jang 5 raunddan iborat bo'ladi. 

19:07. Ringga birinchi juftlik bokschilari taklif etildi. -49kg vazn toifasi bokschilari Nodir Mirzaahmedov hamda Luis Polaso o'zaro jangda bugungi boks oqshomini ochib berishadi. Bokschilar ring markazini egallashdi. Jangni turkiyalik referi Yasar boshqarib boradi.


19:03. Har ikki jamoa bokschilari ring markaziga taklif etildi. Tadbir boshlovchisi Saidolimxon Turdiboev bokschilar va ularning murabbiylarini tanishtirmoqda.


18:52. Assalomu alaykum hurmatli boks ishqibozlari. Termiz shahridan uyushtirilayotgan matnli onlayn translyaciyamizni boshlaymiz. Bugun Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi Venesuelaning "Venesuela Caciques" jamoasiga qarshi janglar olib boradi. Bugun birdaniga 10ta jang guvohiga aylanamiz. 

Bugun quyidagi janglar bo'lib o'tadi:

S1

-49kg: Nodir Mirzaahmedov - Luis Polaso

-56kg: SHahobiddin Zoirov - Yoel Finol

-64kg: Aliyor Noraliev - Kristian Palasio

-75kg: Isroil Madrimov - Kleyber Gonsales

-91kg: Sanjar Tursunov - Xuan Bello


S2

-52kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas

-60kg: SHunqor Abdurasulov - Luis Kabrera

-69kg: Mahmud G'oipov - Gabriel Maestre

-81kg: Bektemir Meliqo'ziev - Nalek Korbai

+91kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
08 apr 02:04:56
SPRINTERshashist
Гоипов бу футболдаги Лобановга ўхшар экан. Спорт твни ухламасадан С2 жангларини кутибман-а? Эх , сизлар мухлисларни шунчалар алдадинглар-а
   
09 apr 11:12:52
Dilshod Solihov
Ajoyib
   
08 apr 11:30:44
Messi
Goyipov Termizdanku bilmadimu kandaydir bosim buldiyov deb uylab kolaman

   
08 apr 10:26:43
Navroz Hojibekov
С2 жанглари качон бошланади админжонлар йозиб юборилар
   
08 apr 07:12:15
tohir
Sport tv gavno
   
08 apr 02:03:38
SPRINTERshashist
Гоипов бу футболдаги Лобановга ўхшар экан. Спорт твни ухламасадан С2 жанвларини кутибман-а? Эх , сизлар мухлисларни шунчалар алдадинглар-а
   
08 apr 01:23:15
Navroz Hojibekov
С2 JANGI QACHON BOSHLANADI BILADIGANLAR BUS YOZIB YUBORILAR ILTIMOS?
   
08 apr 01:16:39
Сардор
Қачон қўйилади бу бокс, ким билади ёзворилар.
   
08 apr 00:55:55
♥♥♥BOKS UZB♥♥♥
Boksdayam Babayanning hidi kelyabti bu Maxmud deganlari faqat yutqazyabdikuu Baturovni qoy yorib tashardi u ozini Hindistonda oqladikuu exx Shaxram qayerlarga ketting orninga Baturovni qoyib ketsang bomasmidi ertaga Isroil yo Bektemir , Shaxob yoki yana shunaqa bokschilarimiz professional boksga otib ketsa wsb Maxmudovga oxshagan bokschilar qolida qolib ketishidan qorqaman
   
08 apr 00:48:40
JasurBeK
Sport tv hodimlari odamni axmoq qilyapsilarmi?!
   
08 apr 00:45:37
Navroz Hojibekov
Boya aytilgandi С2jangi tugridan tugri degandi С1ni jangini quyib yubordi nega prgagrmani uzgartib yuboradi bir tuzilgan pragrammada nega turishmaydi?
   
08 apr 00:41:49
Navroz Hojibekov
Nega С2ni jangi olib berilmayabti dyuzido grant priga olib quydi iltimos С2 jangi qachon?
   
07 apr 23:44:16
aszmuzb
Доим бир нимани қойиллатмайди бу спорт тв
Ўзимизни вилоятлардан транслясияни эплолмаса бу спорт тв
   
07 apr 23:24:28
JasurBeK
69kgda B.Boturovni asosiy tarkibga qo'yishi kerak murabiylar. G'oipovni Termizda yutgan uzb chempionatini hisobga olmaganda xalqaro arenalarda xanuz arzugulik natija ko'rsatgani yo'q. Mag'lub bo'lganini asosiy sababi - hakamlarning boshqa davlatdan bo'lganiligidir. Agar uzb chempionati bo'lganda yana "yutardi"
   
07 apr 23:11:38
Shodiyor Muxtorjonov
Hech bolmasa C2ni jonli eferda qoyib bermaydimi????
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing