23 dek 11:20
Yangiliklar
Dzyudo
"Uzbekistan Judo Tour" musobaqasining Toshkent shahar bosqichi start arafasida
Poytaxtimiz mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etuvchi ushbu turkum musobaqalarning 2025 yil hisobidan yakuniy bosqichiga mezbonlik qiladi.
Birozdan so'ng mahobatli "Olimpiya" shaharchasidagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan arenasida murosasiz bellashuvlar boshlanadi. Dzyudochilar odatdagidek 4 ta vazn (erkaklar -66, -73, +90, ayollar +70 kg) toifasida tatamiga chiqishadi.
Har bir vazn toifasi chempionlari 22 million so'm pul mukofotini qo'lga kiritadi. Kumush medal sohiblarini 14, bronza medal sovrindorlarini 7 million so'm pul mukofoti kutmoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar