25 sen 15:13
Yangiliklar

Vadim Nemkov og'ir vazn toifasida PFL chempionligi uchun oktagonga chiqadi
U 13 dekabr kuni Franciyaning Lion shahrida tashkil etiladigan PFL turnirida braziliyalik Xenan Ferreyraga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang g'olibi og'ir vazn toifasida Liga chempioni deb elon qilinadi.
Tashkilot vakillari oqshomning asosiy voqeyligidan tashqari co-main event to'qnashuvi - yarim engil vazn toifasida ayollar chempionligi uchun braziliyalik Kris "Kiborg" Justino va Avstraliya vakilasi Sara Kollins o'rtasidagi jangni ham rasman elon qilishdi.
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq Bellator chempioni Vadim Nemkov shu kungacha PFLda og'ir vazn toifasida ikkita jang o'tkazib, ikkinchi raundda Bruno Kappelozzani texnik nokautga uchratdi, Timoti Jonsonni esa birinchi raundda ortidan bo'g'ib qo'ydi.
Xenan Ferreyra esa 2023 yilda PFL Gran-Prisi g'olibi bo'ldi. Turnirning final jangida Denis Golcovni nokautga uchratdi. SHundan so'ng Rayan Beyderni texnik nokaut evaziga engdi, Frensis Ngannuga esa nokaut bilan yutqazdi.
Fikrlar