25 okt 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Vaqtinchalik chempionlar jangi: Parker raqibidan 9 kg og'irroq tosh bosdi
Londonda superog'ir vazn toifasi vakillari - Jozef Parker va Fabio Uordli o'rtasidagi jang oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi.
Yangi zelandiyalik Parker 119 kilogramm, angliyalik Uordli esa 110,1 kilogramm natija qayd etdi.
Malumot uchun, Jozef superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBO chempioni hisoblanadi. Fabio esa WBA yo'nalishida xuddi shunday unvonga ega. Londondagi jang g'olibi mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikning navbatdagi raqibi bo'lishi kutilmoqda.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar