30 may 07:23
Yangiliklar
Varnadan xushxabar: sport gimnastikachilarimizdan Jahon kubogida ikkita bronza!
Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan licenziant sportchilarimizga so'nggi ko'rik, qolganlar uchun esa o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazish vazifasini o'tab beruvchi ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari anchayin muvaffaqiyatli ishtirok etishayotganligini takidlash joiz.
Jumladan, sport gimnastikasi afsonasi Oksana CHusovitina o'zining sevimli yo'nalishi – tayanib sakrash mashqida bronza medaliga sazovor bo'ldi. Biz ushbu g'alaba bilan Oksanani tabriklaymiz.
Xuddi shu yo'nalishda qatnashgan yana bir vakilamiz Anastasiya Miroshnichenko esa 4-o'rinni egalladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, Oksanaga munosib o'rinbosar etishib chiqmoqda.
SHuningdek, musobaqaning so'nggi kunida yana bir sportchimiz Abdulla Azimov ham bronza medalini qo'lga kiritdi. Biz terma jamoa sportchilari va murabbiylarimizni ajoyib g'alabalar bilan muborakbod etamiz!
Fikrlar