13 dek 14:45
Yangiliklar

Vasiliy Lomachenko: "Agar Kambososga qarshi jang qilish imkonim bo'lsa, albatta buni qilaman"
"Men uning vaziyatini ko'rdim va shu sababli ham uning murabbiyiga jangni yakunlash kerakligini aytdim. Nima bo'lgan taqdirda ham biz yaxshi jang o'tkazdik. Jangda asosan tanaga zarba berdim va bu o'zini oqladi. Jangda raqibmni bilib olish uchun ikki raund etarli bo'ldi. Bugun kelganlarning barchasiga minnadorchilik bildiraman.
Eng zo'r engil vazn bokcshisi? Men o'zim haqimda gapirishni xohlamayman. Bu vaznda ko'plab kuchli bokchilar bor. Ularni hurmat qilaman.
Agar Kambososga qarshi jang qilish imkonim bo'lsa, men albatta buni qilaman. Agar yaratgan yana bir bor bunday imkon bersa, xursand bo'lardim. Kambososga qarshi jang uchun istagan joyga borishga tayyorman. Maqsadim aynan shu vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lish",-dedi Lomachenko.
Fikrlar