07 may 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Vasiliy Lomachenko faoliyatini yakunlash haqida gapirdi
Ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko faoliyatini yakunlashiga oz qolgani haqida gapirdi.
"Men qariyamanmi? Agar boks tomondan olib qarasak, ha. SHunday.
Ammo og'ir vazn toifasida barchasini 36 yoshdan keyin boshlayotganlar bor.
Faoliyatim deyarli yakunlanayotganini tushunaman. Yana necha yil jang qilishim mumkin? Yil? Ikki? Balki uch yil... Bo'ldi. Hali hayron qoldirishim mumkin bo'lgan jihatlar bor", - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko 12 may kuni Avstraliyada vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun Jorj-Kambososga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : Fox Sports Australia
Fikrlar