So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

08 iyu 13:45
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazirlikda O'zbek tilining izohli lug'ati kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi

Teglar :  VazirlikTaqdimot
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o'tkazilgan yig'ilishda besh jildli O'zbek tilining izohli lug'ati kitobining taqdimoti o'tkazildi.

Unda vazir o'rinbosari Nodir Murotov Davlat tili borasidagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi «O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilganligi hamda qisqa muddatda O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-etiborini tubdan oshirish, unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anana va qadriyatlarga sadoqat, ulug' ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni taminlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini malum qildi.

Buning tasdig'i sifatida Davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasiga asosan, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili adabiyoti va folklori instituti mutaxassislari tomonidan besh jildli «O'zbek tilining izohli lug'ati» kitobining chop etilganligi muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

Yig'ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirining manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Zokir Rasulov ham besh jilddan iborat «O'zbek tilining izohli lug'ati» kitobi to'g'risida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Jumladan, mazkur to'plam 80 000 dan ortiq so'z va so'z birikmalaridan iboratligi, muassasa va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning davlat tilida ish yuritish savodxonligi va malakasini oshirish, bilimlarini boyitishga ko'maklashishda asosiy vosita ekanligini malum qildi.

«O'zbek tilining izohli lug'ati» kitobi vazirlikning boshqarma va bo'lim boshliqlari, shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan katta qiziqish va mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing