08 fev 17:00
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Velosport. Andrey Osiyo chempionatida 95 ochko to'pladi va...
Hindistonda velosport bo'yicha Osiyo CHempionati davom etmoqda. 
			
Bugun erkaklar o'rtasida poyga bahslari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra sportchilar umumiy hisobda 30 km masofa bosib o'tdilar.
Jami 15 nafar velosportchi ishtirok etgan bahslarda O'zbekiston sharafini Andrey Izmaylov himoya qildi.
Sportchimiz 10 ta imkoniyatda 95 ochko jamg'ardi va umumiy hisobda 8-natijani qayd etdi.
Yaponiyalik Takuto Kurabayashi esa 132 ochko to'plagan holda birinchi pog'onani egalladi. Undan keyingi o'rinlarni esa gonkonglik Ving Leung (129) va janubiy koreyalik Ok CHeol Kimlar (120) egalladilar.
Ertangi bahslarda yana boshqa sportchilarimiz turnirda o'z imkoniyatlarini sinab ko'radilar.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar