So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

24 noy 12:15
Yangiliklar

Velosport

Velosport. Ikki muhim Memorandum imzolandi

O'zbekiston Velosiped sporti Federaciyasi Osiyo velosport Konfederaciyasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari velosiped sporti Federaciyasi bilan Memorandum imzoladi.

O'zbekiston Velosiped sporti Federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jaev Osiyo velosport Konfederaciyasi Prezidenti Osama Ahmad Al SHafarning taklifiga ko'ra BAAga xizmat safari uyushtirdi.

Uchrashuv chog'ida O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi va Osiyo velosport Konfederaciyasi, BAA velosiped sporti Federaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.


SHuningdek, Kozim O'rinboyxo'jaev Yoshlar va sport qo'mitasi raisi Yusuf al Salkar bilan uchrashib, ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish borasida ham kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida Kozim O'rinboyxo'jaev va Osama Ahmad Al SHafar O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi va Osiyo velosport Konfederaciyasi hamda BAA velosiped sporti Federaciyasining hamkorlik to'g'risidagi Memorandumini imzoladilar.

Ushbu Memorandum BAA hamda O'zbekiston velosportchilari o'rtasida ikki tomonlama o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish, musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o'quv kurslari, seminar va konferenciyalarda ishtirok etish imkonini beradi.


Bundan tashqari, O'zbekiston terma jamoasining xorijda malaka oshirishi, tajriba almashishi, nufuzli musobaqalarda ishtirok etishini yo'lga qo'yish, murabbiylar uchun xalqaro yig'inlarni tashkil etish bo'yicha ham hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.

“Osiyo velosport Konfederaciyasi hamda BAA velosiped sporti Federaciyasi bilan imzolangan Memorandum yurtimizda velosiped sportini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi, - dedi Kozim O'rinboyxo'jaev.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing