31 mar 16:25
Yangiliklar
Velosport
Velotrek bo'yicha Osiyo chempionatida birinchi bo'ldik
25-31 mart kunlari Filippin davlati mezbonligida o'tgan velosportning trek va para velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Unda qitamizning 20 ta davlatidan sportchilar va para sportchilar ishtirok etib, g'oliblik uchun kurash olib bordi.
Xususan, O'zbekiston terma jamoasi mazkur Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natijalarni qayd etdi. Qita chempionati davomida yoshlar va kattalar o'rtasida 24 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza umumiy hisobda 44 ta medal qo'lga kiritildi. Ulardan 21 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medali para sportchilarimizga tegishli. Bu natija bilan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.










Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar