26 mar 08:57
Yangiliklar
Velosport
Velotrekchilarimiz Osiyo chempionatida ilk bor jamoaviy yo'nalishda shohsupaga ko'tarilishdi
Kecha Filippinda velosportning trek yo'nalishi bo'yicha turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionati start oldi.
Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Hamyurtlarimiz ushbu natijaga yosh qizlar o'rtasidagi jamoaviy taqib poygasi dasturida erishdilar.
Ahamiyatlisi, velosportchilarimiz qita birinchiliklarida ilk bor jamoaviy yo'nalishda shohsupaga ko'tarilishdi. Bahslarda Ekaterina Makarochkina, Gulhayo Sattorova, Roksana Hikmatova hamda Dilnura Mirzavalieva jamoamiz sharafini himoya qildi. Musobaqa 31 martga qadar davom etadi.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar