So’nggi yangiliklar

19:03"Шон ютишига умид қиламан". Алекс Перейра Стриклендга маслаҳат берди 0 18:42Конкур бўйича халқаро турнир якунланди 0 18:21"Реал" Гарсияни 60 миллион евро эвазига қўйиб юборишга тайёр 0 18:00Энг кучли қиличбозларимиз Тошкентда жам бўлишди 0 17:39UFC рейтинги янгиланди. Учта вазндаги ўзгаришлар бир саҳифада 0 17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0

09 noy 10:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Verjil Ortis - Erikson Lyubin: UFC`dagi nokautlar boksda ham davom etdi

Hozirgina mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan ikki bokschi - birinchi o'rta vaznda vaqtinchalik WBC chempioni Verjil Ortis hamda IBF reytingi peshqadami bo'lib kelgan Erikson Lyubin o'rtasidagi jang yakuniga etdi.

AQSHning Texas shtati Fort-Uert shahridagi "Dickies Arena"da o'tgan professional boks turnirining asosiy jangi biroz kutilmaganda muddatidan avval yakuniga etdi. Lyubin Ortisga qarshi jang uchun IBF kamari uchun ringga chiqishdan voz kechgandi. Ikkinchi raundda Verjil o'ng qo'lda berilgan kuchli zarbalar evaziga Lyubinni muvozanatdan chiqardi. Referi bu vaziyatda jangni to'xtatishga qaror qildi. 

Bundan avvalgi jangida hamyurtimiz Isroil Madrimovni 12 raund yakunlariga ko'ra ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozongan amerikalik 27 yoshli Ortis ayni paytda birinchi o'rta vazn toifasi The Ring reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. U reytingda o'z vaznidagi qolgan barcha yo'nalish chempionlarini ortda qoldirgan. 

Bugungi jang yakunlanganidan keyin ushbu vaznda vaqtinchalik WBA chempioni Jeyron Ennis ringga ko'tarilib, kelasi yili Ortis bilan jang qilishga rozi ekanini bildirdi. 

Bugungi boks oqshomining ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi kutilmaganda durang natija bilan yakunlandi. Ikkinchi o'rta vazn vakillari Dariush Fuldjam va Devid Stivens 10 raund davomida teng jang namoyish etishdi. Hakamlar jang yakunida 95-95, 95-95, 96-94 hisobini qayd etishdi. Ikkala bokschi ham avvalgi janglarida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievga yutqazgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing