30 may 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/220651_220.jpg)
Vettori Makgregorga keskin javob qaytardi
O'rta vaznda UFC chempionligiga sobiq davogar Marvin Vettori jamoadoshi Beneil Darishni masxara qilgan Konor Makgregorga "otvet" qildi.
Ilgariroq, irlandiyalik jangchi Beneil Dariushni UFC'dagi eng katta "hech kim" degandi.
"Sen iflossan, Konor! Beneil bilan jangda ikki daqiqa ham turib bera olmaysan, bu fakt. Sen shunchaki "meshok"san, umid qilamanki, tez orada ko'rishamiz", - deb yozgan italiyalik jangchi Konorga murojaat qilgan holda.
Marvin Vettori navbatdagi jangini 3 sentyabr kuni, Parijda Robert Uittakerga qarshi o'tkazishi rejalashtirilgan. Avvalroq, hamyurtimiz Maxmud Muradovning ham shu turnir doirasida jang qilishi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar