26 jan 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Mineev va Magomed Ismailov trilogiya uchun qancha olishlari malum
Rossiyalik MMA jangchilari Vladimir Mineev va Magomed Ismailov o'zaro uchinchi janglari uchun qancha olishlari malum.
Bu haqida AMC Fight Nights promousheni rahbari Kamil Gadjiev malum qildi. Jang katta ehtimol bilan shu yilning so'nggi choragida bo'lib o'tadi va jangchilarga umumiy hisobda 40 million rubl (508 ming dollar atrofida) gonorar beriladi.
Eslatib o'tamiz, jangchilarning ilk bahsida durang qayd etilgandi, ikkinchi bahsda esa Vladimir raqibini mag'lub etishni uddalagan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar