29 avg 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Zelenskiy Usikni orden bilan mukofotladi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy jahon chempioni Aleksandr Usikni I darajali "Xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlash haqidagi hujjatga imzo chekdi.
Eslatib o'tamiz, Usik 21 avgust kuni revansh jangida britaniyalik Entoni Joshuani 113:115, 115:113, 116:112 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, o'ziga tegishli bo'lgan WBA Super, IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgan edi.
Katta ehtimol bilan ukrainalik bokschining navbatdagi raqibi WBC chempioni Tayson Fyuri bo'ladi. Ushbu mutlaq jahon chempionligi uchun jang 2023 yilning fevrali oyida Saudiya Arabistoni, Qatar yoki BAA davlatlarining birida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar