02 okt 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski Ankalaev - Pereyra revanshi uchun taxmin bildirdi
UFC chempioni Aleks Volkanovski Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra o'rtasidagi revansh haqida fikr bildirdi.
"Pereyra juda kuchli. U moslasha oladimi? Ha. Lekin Ankalaev ham jang davomida taktikani o'zgartirishni, darajalarni almashtirishni va hatto tik turish uslubini o'zgartira olishini ko'rsatdi. Asosan chapqo'l, lekin uslubini o'zgartira oladi va bu unga himoyada judayam yordam beradi.
Menimcha, Pereyra yana yaxshi chiqish qilishi mumkin, lekin agar raqib chapqo'l uslubida samarali harakat qilsa, unga qiyin bo'ladi. Lekin bu u faqat chapaqaylarga yutqazadi degani emas. Men favorit tanlashim kerak. O'ylaymanki, Ankalaev yana g'alaba qozonadi", — dedi Volkanovski.
Havola :
Manba : MMA Insight
Fikrlar