14 okt 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski Oliveyra bilan jang qilmoqchi
Engil vazn toifasida UFC chempioni avstraliyalik Aleks Volkanovski nima uchun Islam Maxachevdan ko'ra ko'proq braziliyalik CHarlz Oliveyra bilan jang o'tkazmoqchi ekanini aytdi.
"Oliveyra yaxshi raqib bo'lardi. Buni aniq ayta olaman. CHarlz atrofida juda ko'p shov-shuvlar bo'ldi. Hamma uni chempion deb biladi. Agar uni mag'lub etsam, hamma meni chempion sifatida ko'radi. Agar Islam bilan yuzma-yuz kelib g'alaba qozonsam ham odamlar meni chempion deyishiga aminman. Lekin, baribir CHarlzni mag'lub etishim kerak.
Men barqaror jangchi bo'lishni xohlayman. Ulardan biri chempionlikni qo'lga kiritadi va ancha vaqt jang qilmasa, men yarimengil vazndagi kamarni himoya qilib, keyin esa engil vaznda chempionlik jangini kutaman. Engil vazndagi chempionlik jangi uchun navbatdagi davogarman. Bu aniq", - dedi Volkanovski.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar