07 fev 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkov nokautli g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Rossiyalik 32 yoshli MMAchi Aleksandr Volkov Alistar Overim ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men djeb zarbasi ustida ko'p ishladim, shuningdek kurash bo'yicha ham. Jangni muddatidan oldin tugatishim mumkinligini bilardim. Birinchi raund oxirida uning yuzlariga qarab, jangni tugatishim kerakligini tushundim. men ko'p ishladim, yaxshi formadaman.
Kamar uchun jang qilishni istayman. Ammo birinchi navbatda og'ir vazndagi boshqa janglar qanday yakunlanishini ko'rishim kerak", - dedi Volkov.
Eslatib o'tamiz, Volkov bugun o'tkazilgan UFC turnirida Overimni ikkinchi raundda nokaut qilishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar