25 dek 11:15
Yangiliklar
Vsevolod SHumkov o'zbekistonliklarga, jumladan, Abdumalik Xalokovga ham murojaat qildi (VIDEO)
"Barcha boks muxlislariga, ayniqsa O'zbekistondagilarga murojaat qilmoqchiman. Men o'zbek xalqiga juda hurmat bilan qarayman, chunki u erda meni qo'llab-quvvatlaydigan ko'plab muxlislarim va do'stlarim bor. Menga Xalokov bilan revansh jangi taklif qilinganida, ikkilanmasdan rozi bo'ldim. Hatto raqibimning vatani - Toshkentda ham chempionligimni himoya qilishga tayyorman. Har qanday sharoitda, har qanday joyda - men chiroyli va ajoyib boksni namoyish etishga tayyorman, hech kim g'alabamga shubha qilmasin.
Afsuski, siyosiy sabablarga ko'ra, bizning jamoamiz Xalokov oltin medalni qo'lga kiritgan Olimpiadada qatnashmadi. Hozir esa Jahon chempionatida jamoamiz ishtirok etganida natija butunlay boshqacha bo'lishini isbotladik. Abdumalik, kel, chiroyli boks namoyish etaylik. Javobingni kutaman", deb aytib o'tgan Vsevolod.
Fikrlar