So’nggi yangiliklar

14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0 10:45Алекс Перейра қачон навбатдаги жангини ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 10:02UFC 316. Двалишвили муддатидан олдин ғалаба қозонди ва камарини муваффақиятли ҳимоя қилди 0 09:23UFC 316 турнирининг co-main event жанги муддатидан олдин якунланди 0 08:57Дембеле жароҳат олди 0 19:30Фрэнсис Нганну UFC’га қайтиши мумкин 0 19:05Делла Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0 18:42Шон О’Мэлли гонораридан нолиётган ММА жангчиларни танқид қилди 0

16 fev 13:05
Yangiliklar

Boks/MMA

WBA 15-raundlik janglarga qaytishni rejalashtirmoqda

Teglar :  WBA
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) 15-raundlik formatdagi janglarga qaytish haqida o'ylayapti.

Tashkilot prezidenti Xilberto Mendosaning aytishicha, boshlanishiga ayrim muhim janglarda bu narsa sinab ko'riladi. Yakuniy qaror esa bu janglarning yakuniga qarab elon qilinadi. 

Avvalroq, birinchi yarimo'rta vazn toifasida WBO chempioni Teofimo Lopes 15 raundlik janglarni qaytarish boks jozibasini yanada oshirishi mumkinligi haqida aytgan edi. Uning fikricha, mutlaq jahon chempionlik janglari hozirgidek 12 raund emas, 15 raunddan iborat bo'lishi kerak. 

"Kelinglar, yana uchta raund qo'shamiz va biz haqiqiy chempion kimligini bilamiz", — dedi  Lopes The Ring jurnali podkasti efirida.

Bu rejaning amalga oshishi oson bo'lmaydi. Buning uchun faqat WBA emas, qolgan yana uchta asosiy tashkilot ham bu g'oyani qo'llab-quvvatlashi kerak. 

Eslatib o'tamiz, 15 raundlik janglar oxirgi martta 1982 yilda o'tkazilgan. Ungacha barcha chempionlik janglari 15 raundlik formatda tashkil etilgan. 1982 yilda WBC qaroriga ko'ra, 15 raundlik formatdan voz kechilib, 12 raundga o'tilgan. Bunga koreyalik bokschi Duk Ku Kimning o'limi sabab bo'lgandi. Duk engil vaznda WBA kamari uchun Rey Manchiniga qarshi kechgan jangning 14-raundida koma holatiga tushib qolgan va bir necha kundan keyin shifoxonada vafot etgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing