28 apr 08:11
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA International kamari uchun jang qiladigan SHohjahon taroziga chiqdi+FOTO
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda professional bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Engilmas hamyurtimiz AQSHning Bruklin shaharchasida ayni paytda vakant bo'lib turgan WBA International chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. Ertangi jangda SHohjahon Ergashevga xitoylik Vang Jimin raqiblik qiladi.
Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosida ishtirok etishdi. Har ikki bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Belgilangan vazn 63,5 kilogrammdan oshmasligi kerak edi.
Malumot uchun, xitoylik bokschi professional faoliyati davomida 12ta jang o'tkazib, ularning 10tasida g'alaba qozongan. 2ta jangda mag'lubiyatga uchragan. SHohjahon Ergashev esa 12ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar