15 okt 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Mozes Itauma va Kubrat Pulev jangiga buyruq berdi
Britaniyalik 20 yoshli prof bokschi Mozes Itauma navbatdagi jangida superog'ir vazn toifasida jahon chempioniga aylanishi mumkin.
WBA tashkiloti unga reytingdagi birinchi raqamli bokschi sifatida chempion Kubrat Pulevga qarshi jang qilishni buyurdi.
Aslida, amerikalik Maykl Xanter chempionlik uchun majburiy davogar edi. Biroq WBA Xanterni bu maqomdan mahrum qilib, 44 yoshli bolgariyalik Pulevga reytingda birinchi o'rinni egallab turgan Itaumaga qarshi majburiy himoya tayinladi.
Bokschilarning jamoalari 14 noyabrgacha jang borasida kelishuvga erishishlari kerak. Aks holda promouterlar o'rtasida ochiq savdo o'tkaziladi.
Havola :
Manba : WBA
Fikrlar