02 iyu 16:58
Yangiliklar
WBA Murat Gassievga to'laqonli jahon chempioni maqomini berdi
Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar qildi.
Malum qilinishicha, WBA ushbu qarorni ukrainalik Aleksandr Usik barcha chempionlik kamarlaridan voz kechganidan so'ng qabul qildi va Gassievning maqomini to'liq jahon chempioni darajasiga ko'tardi.
Eslatib o'tamiz, Murat Gassiev navbatdagi jangini 11 iyul kuni Moskva shahrida bo'lib o'tadigan IBA.PRO 19 turniri doirasida o'tkazadi. Uning raqibi WBA reytingida 14-o'rinni egallab turgan franciyalik Toni Yoka bo'ladi.
32 yoshli Murat Gassiev professional faoliyatini 2011 yilda boshlagan. U 2016 yilda birinchi og'ir vazn (90,7 kg gacha) toifasida jahon chempioni bo'lgan, 2018 yilda esa birlashtirilgan jahon chempioni unvonini qo'lga kiritgan. 2020 yildan buyon super og'ir vazn toifasida faoliyat yuritmoqda. Uning hisobida 33 ta g'alaba (shundan 26 tasi nokaut bilan) va 3 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar