24 apr 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Rayan Garsiya va Rolando Romero jangida chempionlik kamarini o'rtaga qo'yadi
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) yarim o'rta vazn (66,7 kg) toifasida o'zgarishlar haqida malum qildi.
WBA Regular kamari sohibi bo'lgan amerikalik Jaron Ennis WBA Super chempioni maqomiga ko'tarildi. Endi vakant qolgan kamar uchun Rayan Garsiya (24–1, 20 KO) va Rolando Romero (16–2, 13 KO) 3 may kuni Nyu-Yorkda jang qilishadi.
Malumot uchun, Ennis aprel oyida litvalik Eymantas Stanionisni texnik nokaut bilan engib, bu kamarni qo'lga kiritgan edi. SHuningdek, u IBF kamariga ham ega. Ennis bilan jang uchun birinchi raqamli davogar ayni paytda SHahram G'iyosov hisoblanadi.
Havola :
Manba : WBA
Fikrlar