03 avg 12:43
Yangiliklar
WBA reytingi yangilandi: ikki bokschimiz o'z vaznida etakchi, Abdullaev ilk bor reytingga kirdi
Reytingdan 9 nafar bokschimiz o'rin olgan. Yurtdoshlarimizdan Bektemir Meliqo'ziev va Muhammad SHexov o'z vaznida birinchi o'rinni egallab turibdi. Ruslan Abdullaev esa ilk bor reytingga kiritildi.
Bokschilarimizning WBA reytingidagi o'rni:
Hasanboy Do'smatov (minimal vazn) - 6-o'rinda qoldi (chempion - Rafael Rikardo);
Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) - 3-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - 8-o'rinda qoldi (chempion - Brendon Figuero);
Sirochbek Ismoilov (engil vazn) - 13-o'rinda qoldi (chempion - vakant);
Ruslan Abdullaev (birinchi yarimo'rta vazn) - ilk bor reytingda va 13-o'ringa joylashdi (chempion Gari Rassel)
SHahram G'iyosov (yarim o'rta vazn) - 8-o'rinda qoldi (chempion - Rolando Romero);
Isroil Madrimov (super yarim o'rta vazn) - 7-o'rinda qoldi (chempion - Jaron Ennis);
Bektemir Meliqo'ziev (super o'rta vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Jeymi Mungiya).
Fikrlar