19 noy 13:48
Yangiliklar

WBC Fyuri va Uayt o'rtasidagi jangni tasdiqlashni ortga surdi
Og'ir vazn toifasidagi ikki boksi Tayson Fyuri va Dillian Uayt o'rtasidagi jang hali beri tasdiqlanganicha yo'q. WBC ushbu qarorni 16 noyabr kuni qabul qilish kerak edi. Ammo, amalda bunday bo'lmadi.
Bunga sabab esa WBC tashkiloti va Dillian Uayt o'rtasidagi uzoq muddatdan beri davom etayotgan sud ishidir. 2020 yilning yozida Dillian Uayt tashkilotni vada qilingan titul jangini tashkil qilib bermaganlikda ayblab sudga bergandi.
Eslatib o'tamiz, Butunjahon bokschilar ittifoqi (WBC) Tayson Fyuriga Aleksandr Usik bilan jangni tashkil qilish uchun 30 kun muxlat bergandi. Ammo, Entoni Joshua Usik bilan jang shartnomasidagi revansh o'tkazish bandini ishlatdi.
SHu sabab ham, endi Tayson Fyuri majburiy davogar hisoblangan Dillian Uayt bilan jang o'tkazishi kerak bo'ladi.
Fikrlar