14 sen 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC prezidenti: "Fyuri - Usik jangiga halal bermoqchi emasmiz"
WBC prezidenti Maurisio Suleyman Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
"U Aleksandr Usik bilan jang qilmadi, chunki Aleksandr o'tgan yilning dekabrida tayyor emasdi. Keyin ular mart oyida jang qilmoqchi bo'lishdi va bu ham amalga oshmadi.
Entoni Joshua bilan ham shunga o'xshash vaziyat bo'lgandi, shu sababli Tayson Fyurini ayblamang. U doimo o'yinda bo'lgan va tayyor. Uning Frensis Ngannuga qarshi jang qilishi menga yoqadi.
Majburiy davogar masalasida shoshilmaymiz. Biz Uayler va Ruis jangiga buyruq bergandik, g'olib majburiy davogar bo'lardi. Biroq bu jang amalga oshmadi. SHuning uchun majburiy davogar yo'q", - dedi Suleyman.
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar