18 noy 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC prezidenti Kaneloning talabidan shokka tushganini aytdi
Butunjahon bokschilar ittifoqi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman Saul Alvaresning WBC chempioni Ilunga Makabu bilan jang qilish talabidan shokka tushganini tan oldi.
"Bu katta tavakkal. Bilasizmi, bu oson bo'lmaydi. Ushbu jang Kanelo uchun juda ko'p qoliplarni buzib yuboradigan ulkan tavakkal bo'ladi. Saul muammolar izlab yuripti. Ammo, u bunday qilishi tushimga ham kirmagandi. Makabu - yuqori darajadagi juda xavfli bokschi", - deydi Maurisio Suleyman.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares va Ilunga Makabu o'rtasidagi jangni o'tkazish WBC tomonidan tasdiqlangandi. Bunga Kaneloning murabbiyi Eddi Reynoso WBC tashkilotidan ushbu jangni o'tkazishni talab qilgani sabab bo'ldi. Endi, Saul Alvares va Ilunga Makabu birinchi og'ir vazn chempionligi uchun kurashishadi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar