So’nggi yangiliklar

09:50Элдор Шомуродов матбуот анжуманида нималар деди? 0 09:08WBO Дэвин Хейнига мажбурий ҳимоя жангини ўтказишни буюрди 0 08:43Синдаров - Гукеш жаҳон тожи учун матчи Ўзбекистонда бўладими? 0 08:12Курашчи қизларимиз "Иссиқкўл Опен" турнирида 5 та медаль қўлга киритишди 0 07:39Фабио Каннаваро: "Эхтиёткорлик билан ўйнаймиз" 0 07:11Mangu 4 турнири қайси шаҳарда ўтказилиши маълум бўлди 0 19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0

22 may 12:54
Yangiliklar

Boks/MMA

WBC, WBA, IBF va WBO kamarlarining mutlaq egasi kim bo'ladi yoki SHohjahon va SHahram intilayotgan “cho'qqi” davogarlari

Teglar :  TeylorRamires
Professinal boksning ushbu yo'nalishlari bo'yicha birinchi yarim o'rta vazn toifasidagi jahon chempionligi ikki sportchiga tegishli.

WBC va WBO chempionligiga amerikalik Xose Ramires egalik qilib kelayotgan bo'lsa, shotlandiyalik Josh Teylor IBF va WBA yo'nalishlarining “egasi” hisoblanadi.

Va nihoyat ertaga tongda AQSHning Las-Vegas shahrida to'rtta yo'nalishni birlashtiradigan mutlaq chempionlik jangi bo'lib o'tadi.

Bugun Las-Vegasda ikki sportchi uchun vazn ulchash, ko'z urishtirish va matbuot anjumani marosimlari o'tkazildi. Faoliyati mobaynida amerikalik Ramires 26 jang o'tkazib, barchasida g'alabaga erishgan. SHotlandiyalik Teylor hisobida esa 17 jang va shuncha g'alaba.


Josh Teylor jurnalistlarga bergan intervyusida raqibi va o'z imkoniyatlari haqida so'z yuritib, “bu musobaqa men uchun ham, butun SHotlandiya uchun ham tarixiy ahmiyatga ega. Agar men g'alaba qilsam, SHotlandiya tarixida professional boks bo'yicha barcha to'rt yo'nalishni birlashtirgan birinchi mutlaq chempion, degan tarixiy yutuqqa erishgan bo'lardim. Istagim ham shu”. Uning bu gaplariga AQSH bokschisi Xose Ramires hozircha keskin munosabat bildirganicha yo'q.

Ushbu jang birinchi yarim o'rta vazn toifasida hamyurtlarimiz SHahram G'iyosov va SHohjahon Ergashev munosib o'rinlarni egallab kelayotganligi sabab O'zbekiston boks ixlosmandlarining diqqat markazida turibdi. SHohjahon Ergashev IBFda TOP-5 talikda, WBA va WBO yo'nalishlarida TOP-10 likdan joy egallab kelmoqda. SHahram esa WBA yo'nalishida kuchli TOP-5likda, IBF yo'nalishida esa TOP-15talikda. 

O'zbekiston professional boks federaciyasi bosh kotibi Bekzod Solievning xabariga ko'ra, joriy yilning iyun oyida SHohjahon Ergashevning navbatdagi professional boks musobaqasi Toshkent shahrida tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. Mazkur jang IBF yo'nalishida chempionlikka asosiy davogar bokschilardan biri bo'lgan avstraliyalik Liam Paroga qarshi o'tkaziladi.

Erta tongda boshlanadigan Ramires-Teylor jangi kimning g'alabasi bilan yakunlanishidan qatiy nazar, Las-Vegasdagi murosasiz musobaqa hamyurtlarimiz SHohjahon Ergashev va SHahram G'iyosov intilayotgan professional boks “cho'qqisi”da qachonlardir O'zbekiston bayrog'i hilpirashi kutilayotgan kunlarni yaqinlashtirayotganligi rost bo'lsin.

To'lqin RO'ZIEV





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing