07 apr 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC yana Usik - Fyuri jangida hakamlar soni oshirilishi g'oyasi bilan chiqdi
WBC prezidenti Maurisio Suleyman yana Fyuri - Usik jangida hakamlar sonini oshirish haqida fikr bildirdi.
"Ko'rinishidan hozirgi variant barchaga yoqmoqda, ular o'zgarishlarni istashmayapti. Yuqori darajali hakamlar qancha ko'p ishlashsa, shuncha yaxshi. Agar jangda ikki nafar yomon hakam bo'lsa, jang 2:1 hisobida yakunlanadi.
Olti nafar hakam bo'lsa esa hisob 4:2 bo'ladi va katta ehtimol bilan to'g'ri jangchi g'alaba qozonadi. So'nggi vaqtlarda bizda bir ovozdan bo'lmagan qarorlar ko'paygan. Bu to'g'ri emas", - dedi Suleyman.
Eslatib o'tamiz, Tayson va Usik o'rtasidagi jang 18 may kuni Ar-Riyodda tashkil etiladi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar